Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi

Qoraqalpog‘iston aholisiga qulay sharoitlar yaratib berish uchun respublika byudjetidan yil yakunigacha qo‘shimcha 100 milliard so‘m berilishi belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Kelgusi yilda Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy soha va infratuzilma uchun 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish reja qilingan. Xususan, 24 ta maktab, 5 ta bog‘cha, 7 ta tibbiyot muassasasi quriladi va ta’mirlanadi.

Sanoat zonalari va yirik ishlab chiqarish ob’ektlariga infratuzilma olib borishga 353 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudayberganovga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!