Sadir Japarov yangi konstitusiyani imzoladi

Sadir Japarov yangi konstitusiyani imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bugun mamlakat konstitusiyasining yangi tahririni imzoladi. Konstitusiyaga o‘zgartirishlar aprel oyida bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra kiritilgan. Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shuningdek, Japarov “Qirg‘iz Respublikasi konstitusiyasi to‘g‘risida”gi qonunni tasdiqladi.

Japarov xalqqa murojaat qilib, konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar xalq manfaatlariga xizmat qilishiga va mamlakatning rivojlanishiga ko‘maklashishiga umid bildirdi.

“Yangi konstitusiya biz xalq sifatida qadrlaydigan qadriyatlarni va biz jamiyat sifatida intilayotgan ideallarni aks ettiradi”, – dedi u. 

Qirg‘iziston konstitusiyasining yangi tahriri boshqaruvning parlament-prezident shaklidan prezident shakliga o‘tishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, Xalq qurultoyi instituti tashkil etiladi, parlamentda deputatlar soni 120 nafardan 90 nafarga tushiriladi.

Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish tashabbusi Sadir Japarovdan chiqqan. Qirg‘iziston konstitusiyasi 1993 yilning mayida qabul qilingan va bir necha bor o‘zgartilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!