Rus mafiyasiga yangi «barcha bosslarning bossi» saylandi
Moskvada «qonundagi o‘g‘rilar»ning so‘nggi yillardagi eng katta maxfiy yig‘ini bo‘lib o‘tdi, unda rus mafiyasining «barcha bosslarining bossi» saylandi, deb yozadi Tengrinews.
U Shishkan laqabli mashhur kriminal avtoritet Oleg Shishkanov bo‘ldi. Birinchi raqamli qonundagi o‘g‘ri Zaxariy Kalashov (Shakro Molodoy) uzoq muddatga (9 yil-u 10 oy) qamalgach, mafioziga yangi rahbar tanlash zarurati yuzaga kelgan.
«Shu tariqa, kurd-yazidlarning kriminal dunyodagi ko‘p yillik gegemoniyasi tugadi. Avvalgi «barcha bosslarning bosslari» Aslan Usoyan (Hasan og‘a) va Zaxariy Kalashov aynan shu xalqlarga taalluqli edi», — deyiladi xabarda.
Manba: daryo.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)