Rossiyalik qo‘shiqchilarning Litvaga kirishi taqiqlandi

Rossiyalik qo‘shiqchilarning Litvaga kirishi taqiqlandi

Rossiyalik qo‘shiqchi Natasha Koroleva va ijrochi Xabib Sharipovning (Xabib nomi bilan mashhur) Litvaga kirishi taqiqlandi. Bu haqda LRT milliy radiosiga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

Radioning yozishicha, Litva Koroleva va Sharipovni taqiqlangan rossiyalik ijrochilar qatoriga kiritgan. Litva Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migrasiya departamenti shunday qaror qabul qildi. Xonandalar 2027 yil 21 yanvargacha mamlakatga kela olmaydi.

Aniqlik kiritilishicha, kirishni taqiqlash haqidagi so‘rov Seym milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi raisi Laurinas Kasciunas va deputat Vitautas Juozapitis tomonidan berilgan. Ular Litvada rejalashtirilgan rus ijrochilarining konsertlarining g‘oyaviy qismiga e’tibor berishni so‘rashdi. Qayd etilishicha, Xabib va Natasha avvalroq Qrimda chiqish qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!