Rossiyada xorijlik qarindoshlar kelib-ketishi yengillashtiriladi

Rossiyada xorijlik qarindoshlar kelib-ketishi yengillashtiriladi

Rossiya fuqarolarining xorijiy qarindoshlarini kirib-chiqishini osonlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Vazirlar mahkamasi majlisida ma’lum qildi. 

"Rossiya fuqarosining yaqin qarindoshlari uchun muddati bir yilga qadar bo‘lgan vizalarni fuqaroning oddiy arizasiga asosan rasmiylashtirish mumkin. Turmush o‘rtog‘i, ota-ona, aka-uka, buvi va buva hamda nabiralar ana shunday qarindoshlar hisoblanadi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari, Mishustin ana shunday qarindoshlar har 3 oyda Rossiya hududini tark etishini talab qiluvchi qonun normasi ham bekor qilinishini ta’kidladi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, "ushbu qonun chegaralar tufayli vaqtincha ajralib qolgan oilalarning hamda kelajakda Rossiyada qolishni istaydigan fuqarolarning hayotini yengillashtirishga mo‘ljallangan". 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!