Rossiyada vafot etgan hamyurtimiz foydasiga «Krost D» korxonasidan 500 ming rubl moddiy yordam undirildi

Rossiyada vafot etgan hamyurtimiz foydasiga «Krost D» korxonasidan 500 ming rubl moddiy yordam undirildi

Moskva shahridagi «Krost D» korxonasida ishlayotgan fuqaro M.A. 26 iyun kuni baxtsiz hodisa tufayli tan jarohati olib vafot etgan va jasadi Vatanga qaytarilgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markaziga vafot etgan fuqaroning qaynotasi V.S. «Krost D» korxonasidan moddiy yordam undirish maqsadida murojaat qildi.

Fuqaro V.S.ning arizasiga ko‘ra, «Krost D» korxonasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida masala sudgacha tomonlar o‘rtasida kelishuv bilan yakunlanib, fuqaro V.S.ga 29 iyul kuni 500 ming rubl miqdorida moddiy yordam undirib berilishi ta’minlandi va shuning bilan birga Rossiya Federasiyasining Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga kompensasiya undirish maqsadida murojaat xati yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!