Rossiyada qalbaki pasportdan foydalangan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Rossiyada qalbaki pasportdan foydalangan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Rossiyaning Tula viloyati Aleksina shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki pasportdan foydalanganlikda ayblanmoqda, deb yozadi «daryo.uz».

O‘zbekistonliklar migrasiya hisobiga turish uchun migrasiya bo‘limiga qalbaki passport va Rossiya chegarasini kesib o‘tganlik haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar yozilgan migrasion xaritani taqdim etgan.

Ushbu fuqarolar chegarani kesib o‘tmagan. Ular Rossiya hududida bo‘lish huquqini qo‘lga kiritish uchun qalbaki hujjatlar taqdim etgan.

Ushbu holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishlari sudga yo‘naltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!