Rossiyada "COVID-19"ning «britancha» shtammini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi

Rossiyada "COVID-19"ning «britancha» shtammini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi

Rossiyada koronavirusning 2020 yil oxirida Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi shtammini yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etildi. Bu haqda Rossiyaning bosh sanitar vrachi Anna Popova ma’lum qildi.

Popovaning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan shaxs yaqinda Buyuk Britaniyadan qaytgan Rossiya fuqarosidir. Uning aniqlik kiritishicha, kasallik dekabr oyining oxiridayoq aniqlangan edi.

Koronavirusning yanada yuqumli hisoblangan yangi B.1.1.7 shtammi ilk bor 2020 yil sentyabrida Buyuk Britaniyada aniqlangan va dekabr oyi o‘rtalarida butun mamlakat bo‘ylab tarqalib ketgan edi. Bosh vazir Boris Jonson koronavirusning bu turi avval tarqalgan shtammlardan ko‘ra 70 foizga yuqumliroq ekanini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!