Rossiya Xitoyga quvurlar orqali gaz yetkazib berish hajmini 2,64 barobarga oshirdi

Rossiya Xitoyga quvurlar orqali gaz yetkazib berish hajmini 2,64 barobarga oshirdi

Rossiyadan Xitoyga yanvar-oktyabr oylarida gaz yetkazish hajmi 2,64 barobarga oshib, qariyb 5,94 million tonnani tashkil qilmoqda. Bu haqida Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.

Etkazib berilgan gazning umumiy summasi $1,1 mlrd tashkil qilib, o‘sish 2,13 barobar miqdorida ekanligi ma’lum qilindi.

Xitoyga eng asosiy gaz yetkazib beruvchi Turkmaniston $5,38 mlrd evaziga 19,79 mln tonna tabiiy gaz eksport qilib birinchi o‘rinni qayd etgan. Keyin Rossiya, Qozog‘iston ($865,01 mln evaziga 3,73 mln tonna) uchinchi, keyin O‘zbekiston ($601,27 mln evaziga 2,57 mln tonna) va kuchli beshlikni Myanma yakunlab beradi ($1,16 mlrd 2,53 mln tonna gaz uchun).

E’lon qilingan hisobotga ko‘ra, Xitoyga yanvar-oktyabr oylarida siqilgan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha Avstraliya yetakchi (25,7 mln tonna, $11,43 mlrd), keyin AQSh (7,03 mln tonna, $3,88 mlrd), Malayziya (7,02 mln tonna, $3,05 mlrd), Qatar (7 mln tonna, $3,21 mlrd) va Indoneziya (4,16 mln tonna, $1,82 mlrd).

Qayd etib o‘tish joiz, 2020 yilda Xitoyning eng asosiy tabiiy gaz yetkazib beruvchisi 20,7 mln tonna bilan Turkmaniston bo‘lgan, va bu Xitoyning umumiy ehtiyojining 60%ni tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!