Rossiya TIV: Agar NATO Polshada yadroviy inshootlar joylashtirsa, bizning nishonimizga aylanadi

Rossiya TIV: Agar NATO Polshada yadroviy inshootlar joylashtirsa, bizning nishonimizga aylanadi

«Agar NATO Polsha hududida yadroviy inshootlarni joylashtirsa, ular bizning qonuniy nishonimiz bo‘ladi».

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday urinish beqarorlik keltirib chiqaradi: «NATO davlatlarining qo‘shma yadroviy missiyalarining bizning chegaralarga yaqinlashayotgani Rossiya uchun xavfni oshirmoqda».

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bu Polsha xavfsizligi uchun hech narsani o‘zgartirmaydi: «Biroq, tegishli ob’ektlar, albatta, nishonga aylanadi va ular bizning harbiy rejalashtirishimizda birinchi o‘rinda turadi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!