Rossiya “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Rossiya “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini tasdiqlashni ishlab chiqaruvchining zavodida yangi tekshiruv o‘tkazilgunga qadar to‘xtatdi. Bu haqda “Kommersant” gazetasi xabar bergan.

PanAmerika Sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarining o‘rinbosari, doktor Jarbas Barbosaning ma’lum qilishicha, mutaxassislar kerakli o‘zgarishlarni kiritmaguncha va yangi tekshiruv so‘ralmaguncha jarayon to‘xtatilgan.

“Vaksina ishlab chiqaruvchilari vaksinalar ishlab chiqariladigan joylar amaliyotning standartlariga mos kelishini tasdiqlashi kerak. “Sputnik V” favqulodda vaksinasini tasdiqlash jarayoniga kelsak, bu jarayon to‘xtatildi. Chunki “Sputnik V” ishlab chiqarilishining bir qismi bo‘lgan zavodlardan birida o‘tkazilgan tekshiruv zavodning yaxshi ishlab chiqarish amaliyotiga mos kelishini aniqlamadi”, degan Barbosa.

Ma’lumot o‘rnida, JSST joriy yil kuzda “Sputnik V”ni ma’qullashi kutilayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!