Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda pomidor yetishtirib Yaponiyaga sotmoqchi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda pomidor yetishtirib Yaponiyaga sotmoqchi

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida maydoni 314 gektar bo‘lgan teplisalar ishga tushadi. Ushbu loyihani ishga tushirish uchun “Eko-kultura” kompaniyasi sarmoyasi 472 mln dollarni tashkil qiladi, AgroInvestor portali xabariga asosan.

Shuningdek kompaniya 1000 gektar maydonda mevalar yetishtirishni rejalashtirgan: gilos, abrikos, olcha, shaftoli va boshqalar. Bu loyihaning umumiy qiymati 92 mln dollar.

Rossiya kompaniyasi shuningdek meva-sabzavotlarga quritish va muzlatish kabi ishlab berishni yo‘lga qo‘yadi  hamda saqlash xonalari quradi.

“Eko-kultura” tayyor mahsulotining 40 foizni Rossiyaga, 60 foizni – Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropaga eksport qilishni rejalashtirgan.

“O‘zbekistonda yaxshi investision iqlim: davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash, sarmoyadorlar uchun imtiyozlar – yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Undan tashqari bu yerda yaxshi ob-havo sharoiti hamda arzon ish kuchi bor. Bu yerda mahsulot  tan-narxi Rossiyaga qaraganda 10 foizga kma bo‘ladi” , - deydi kompaniya rahbari Aleksandr Rudakov.

“Eko-kultura” – Rossiyaning  eng yirik agroxoldingi bo‘lib, uning Stavropol, Krasnodar, Lipesk va Leningrad viloyatlarida 200 gektar teplisalari bor. Kompaniya 2023 yilga qadar teplisalar maydonini 500 gektarga yetkazishni rejalashtirgan. Kompaniya loyihalarini Rosselxozbank va Sberbank moliyalashtirmoqda.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!