Rossiya Janubiy Kavkazda yuzaga keladigan xavflarga qarshi turishda Ozarbayjonga muhtojmi?

Rossiya Janubiy Kavkazda yuzaga keladigan xavflarga qarshi turishda Ozarbayjonga muhtojmi?

Ukraina urushidan keyin xorijiy safarlarga biroz tin bergan Rossiya Prezidenti Janubiy Kavkazdagi pozisiyaviy urush tufayli 18 avgust kuni Bokuga tashrif buyurgan. Uning Ozarbayjonga tashrifi nimalarni hal qiladi-yu, Putin bu orqali nimalarga erishadi?

«Axar.az» nashrining yozishicha, Rossiyaning siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarini qamrab olgan mintaqaviy rejasini bir necha jihatlar bo‘yicha baholash mumkin.

  1. NATO bilan janubiy chegaralarda kuchlar muvozanatining o‘zgarishi istiqbolining oldini olish: Armaniston Rossiya uchun NATOning janubiy chegaralarida xavfsizlik buferi rolini o‘ynaydi va 102-bazaning bu mamlakatdagi missiyasi hisoblanadi. G‘arb Rossiyaning Armanistondagi pozisiyalarini bostirganda, nafaqat Moskvaning mintaqadagi ta’siri zaiflashadi, balki ayni paytda janubiy frontda Shimoliy ittifoq ochiladi;
  2. O‘rta yo‘lakning ikkinchi markazi bo‘lmish Yevroosiyo transport tarmog‘i ishtirokchilaridan biri bo‘lish: Vashingtonning Markaziy Osiyodan Yevropagacha cho‘zilgan geografiyada Xitoy va Rossiya ishtirokisiz transport yo‘nalishini ochishga urinishi Moskvani harakatga keltiradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi;
  3. Urushdan keyin Ukraina tufayli duch kelgan iqtisodiy blokadalardan chiqish yo‘llarini izlamoqda:

Birinchidan, energiya resurslarini Ozarbayjon va Turkiya orqali Janubiy gaz bozori koridoriga chiqarish;

Ikkinchidan, Fors ko‘rfazi va Janubi-Sharqiy Osiyoga (ayniqsa Hindiston) chiqish.

Energiya resurslaridan u yoki bu shaklda foydalanish imkoniyatlari bor. Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga chiqish imkonini beruvchi «Shimol-Janub» transport loyihasi oldida muayyan to‘siqlar mavjud. Putinning o‘tgan oy Kremlda Modi bilan uchrashuvi, keyin Mudofaa noziri Shoyguning Tehron va Bokuga tashrifi uning yaqin kelajakda Shimol-Janub transport loyihasini boshlash istagidan dalolat beradi. Loyihaning Eron bilan bog‘liq qismi tugallanmagan, ammo hozirda xavfsizlik muammosi texnik ishlardan muhimroqdir.

  • Eron-Isroil mojarosi va uning Janubiy Kavkazga ta’siri;
  • G‘arbning mintaqaga aralashuvi fonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar;
  • Rossiyaga qarshi kuchlar muvozanati o‘zgarsa, kutilayotgan xavflar.

Putin bu masalalarni joyida – Bokuda muhokama qilmoqchi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni bartaraf qilmoqchi. Shoyguning Tehronga, keyin esa Bokuga tashrifi ana shu masalalarni muhokama qilish va Putinning tashrifi oldidan kun tartibini kelishib olishga qaratilgan edi.

Janubiy Kavkazda yuzaga keladigan xavflar va Rossiyaning mintaqaga doir rejalariamalga oshishi uchun Ozarbayjonga muhtoj. Chunki mintaqaning ikki davlati – Armaniston va Gruziya ustidan qandaydir «qo‘l almashish» bo‘lsa ham, Bokuning kuchlar muvozanatini o‘zgartirish yoki muvozanatlashtirishdagi roli kattaroq ekanligini Putin yaxshi biladi.

Tashrif doirasida Putinda Bokuning kuchlar muvozanatini saqlab qolish istagi bo‘lishi mumkin. Putinning tashrifi davomida: mintaqaviy darajadagi muammolarni hal qilish; Mintaqaviy bo‘lmagan o‘yinchilarning mintaqadagi faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaslik; 3+3 formatini ishlab chiqish; Ozarbayjon Armaniston tinchlik muzokaralarini ikki tomonlama formatda olib borish, zarur hollarda mintaqa davlatlaridan platforma sifatida foydalanish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!