Ronaldu karantinni buzdi

Ronaldu karantinni buzdi

Italiya sport vaziri Vinchenso Spadafora Turinning "Yuventus" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu karantinni buzganligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Football Italia”.

Spadaforaning ma’lumotiga ko‘ra, tergov Ronaldu tibbiy protokolga rioya qilmaganligini isbotlagan.

Ta’kidlashicha, 13 oktyabr kuni OAVda portugaliyalik futbolchi koronavirus bilan kasallanganligi haqida xabar tarqaldi. Taqiqlanganiga qaramay, karantinni Turinda o‘tkazish uchun Portugaliyadan Italiyaga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning izolyasiya qilish qoidalari Portugaliyanikidan farq qiladi va 14 kun o‘rniga o‘n kun davomida karantinda bo‘lishiga imkon beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!