“Real” eng qimmat futbolchisini sotishga tayyor

“Real” eng qimmat futbolchisini sotishga tayyor

Real Madrid Garet Beyl bilan xayrlashmoqchi.

Rahbariyat 29 yoshdi futbolchini iloji boricha qimmatroqqa sotmoqchi. Tushgan foyda tarkibni kuchaytirishga yo‘naltiriladi. Bo‘lg‘usi xaridor Beyl uchun 130 million yevro berishi kerak.

Mart oyi oxirida Real yozgi mavsum uchun katta miqdorda mablag‘ sarflashi haqida xabar berilgan edi. Fransiyalik murabbiy Zinedin Zidan 500 million yevrolik transfer byudjetiga tayanishi mumkin. Jamoa sotib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Fransiya terma jamoasining ikkita o‘yinchisi yarim himoyachi Pol Pogba va hujumchi Kilian Mbappe bor.

Real bilan Beylning shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Bu mavsumda u Ispaniya chempionatida 25 ta o‘yinni o‘tkazdi va sakkizta gol urdi.

Beyl Tottenxem dan 2013 yilda Qirollik klubiga ko‘chib o‘tgan. Ushbu transfer Real tarixidagi eng qimmatga aylandi o‘yinchi 100 million evroga baholangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!