«Real» asosiy transfer uchun qancha mablag‘ sarflamoqchi?

«Real» asosiy transfer  uchun  qancha mablag‘ sarflamoqchi?

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida eng asosiy maqsadi sifatida Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holandni ko‘rmoqda, deya yozadi As nashri.

Manbaning yozishicha, madridliklar rahbariyati 20 yoshli norvegiyalik forvardni qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligini tushunsa-da, Holandning yaqin o‘n yillikda asosiy yulduz bo‘lishiga ishonmoqda. Shu bois «qirollik klubi» bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emas va yozda Erlingni o‘z safiga qo‘shib olish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqchi.

Qayd etilishicha, Holandning transferi Madrid klubi uchun jami 270 million yevroga tushishi mumkin. Bunda futbolchi uchun Dortmund klubiga to‘lanishi taxmin qilinayotgan 150 million yevro transfer puli va Erlingning 6 yillik shartnomasi uchun 130 million maoshi kiritilgan.

«Borussiya» Holandni 2022 yilgacha sotishni rejalashtirmagan bo‘lsa-da, pandemiya sababli yuzaga kelgan moliyaviy holat tufayli yozda Holand bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Qolaversa, klub YECHLga yo‘llanma ololmasa Erling klubda qolmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Holand Bundesliga joriy mavsmida 19 o‘yinda 19ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!