Rassom ko‘zidagi “chuvalchanglar” tufayli mashhur bo‘ldi (foto)

Rassom ko‘zidagi “chuvalchanglar” tufayli mashhur bo‘ldi (foto)

Rassom Ben Teylorning mashhur bo‘lishiga “ko‘z chuvalchangi” sababchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Segodnya.ua nashri.

Sayohatni xush ko‘ruvchi rassom Ben Teylor Markaziy Afrikaga qilgan safarlaridan birida Loa Loa yoxud “ko‘z chuvalchangi”ni orttirib oladi. Sayohatdan qaytganidan olti oy o‘tib, rassomning peshona sohasida qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Avvalboshda o‘zi ham, davolovchi shifokori ham nima bo‘layotgani bilisholmaydi.

Kunlardan bir kuni Ben uyqudan uyg‘onib dahshatga tushadi. Oynaga qaragan Ben ko‘zlari qizarib oq-sarg‘ish ipga o‘xshash narsani ko‘radi. Qo‘lini ko‘ziga tekkizib turganda esa haligi narsa qimirlaydi. Ma’lumki, “ko‘z chuvalchangi” to‘qimalar orqali odam organizmida harakatlanadi va ertami-kechmi odamning ko‘ziga yetib boradi. Natijada esa peshona, ko‘z sohasida qattiq og‘riq, qizarish, achishish paydo bo‘ladi.

Bir haftalik davolanish operasiyalaridan so‘ng Ben batamom tuzaladi. Ana shundan so‘nggina u ilhom parisi qayerdan kelganini anglaydi. Gap shundaki, Ben ko‘zidagi parazitni payqashidan avval o‘zining achinarli holati aks eks etgan eskizlarni chizgan edi. Rassom inson ko‘zida chuvalchangga o‘xshash g‘alati naqshlar solgandi. Tuzalgach, Ben eskizlarni oxiriga yetkazib, g‘aroyib suratlar hosil qiladi.

Rassom ushbu suratlarini Internet tarmog‘iga joylagach, AQSh kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazidan qo‘ng‘iroq qilishib, uning kartinalaridan “Yangi infeksion kasalliklar” jurnali muqavasi yuzi uchun foydalanishga ruxsat so‘rashadi.

Ana shunaqa, omad kutilmaganda keladi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!