Rasman! Siemens konserni Rossiya bozoridan butunlay chiqib ketdi

Rasman! Siemens konserni Rossiya bozoridan butunlay chiqib ketdi

Germaniya va jahon sanoatining giganti Siemens konserni Rossiyadan butunlay chiqib ketishini e’lon qildi. Bu haqda «BBC news» manbasi xabar bermoqda.

Payshanba kuni konsern Rossiya matbuotiga «barcha sanoat operasiyalarini qisqartirish tartibi boshlanganini» e’lon qilgan bayonot yubordi.

«Biz Ukrainadagi urushni qoralashda xalqaro hamjamiyatga qo‘shilamiz Siemens Ukrainadagi urush tufayli Rossiya bozoridan chiqib ketmoqda», — deyiladi bayonotda.

Konsern urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Rossiyada yangi loyihalar va sarmoyalarni to‘xtatganini e’lon qilganini eslatadi. Keyin Siemens vaziyatni baholash va Rossiyadagi uch ming xodimiga qanday zarar yetkazmaslik haqida o‘ylash bilan band edi.

SiemensRossiyada ikkita kompaniya tomonidan taqdim etilgan: Siemens va Siemens Energy- Rossiyadagi elektr jihozlarining asosiy yetkazib beruvchilaridan biri. Bundan tashqari, konsern qo‘shma korxonalari Rossiyada uch turdagi elektrovoz va «Lastochka» elektropoyezdi ishlab chiqaradi.

Siemens korxonalarining rossiyalik xodimlari uning umumiy xodimlarining taxminan bir foizini tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!