Raqqosa Iroda Ismoilova farzandlariga ajrashgani haqida qanday aytdi?

Raqqosa Iroda Ismoilova farzandlariga ajrashgani haqida qanday aytdi?

Taniqli raqqosa Iroda Ismoilova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan ilk vaqtlarda farzandlari masalasida qiynalgani haqida so‘zlab berdi.

“Bizda ikki marta xayrlashish marosimi bo‘ldi. Birinchi safar ular juda kichkina edi. O‘g‘lim, adashmasam 1,5 yoshda bo‘lgan. Ularga “Endi dadang yo‘q, dadang ketdi” degan ma’nodagi narsalarni tushuntirib bo‘lmasdi. O‘sha paytlarda qiyin bo‘lgan. “Samolyotda uchib ketdi, ishga ketdi” degandek gapirilardi.

Ko‘p issig‘i chiqardi, ichikib, sog‘inishardi. Qizim hozir 7 yoshda. Ikkinchi marta farzandlarimga hech narsani tushuntirmadim. U yerga mehmonga borganida hamma narsani tushunib oldi. Qizim sobiq turmush o‘rtog‘im va qaynonam orasidagi suhbatni eshitgan, to‘yga tayyorgarlik, ta’mirlash ishlari ketayotgan bo‘lgan. Aslida, menga ko‘p narsani aytmaydi, ma’murim, shogirdlarim orqali yetkazadi. Ularga gapirib bergan. Shunday qilib hech narsani tushuntirishga hojat qolmadi”, dedi ijodkor.

Eslatib o‘tamiz, raqqosa turmush o‘rtog‘ining begona ayol bilan yozishmalarini topib olgani uchun ajrashgani haqida ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!