Quvasoy shahrida fuqaroga “Spark” olib berishini va’da qilib, aldagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Quvasoy shahrida fuqaroga “Spark”  olib berishini va’da qilib, aldagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Quvasoy shahar.Fuqaro I.M IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning iyul oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, tanishlari orqali “Spark” rusumli avtomashina olib berishini aytib, oldindan 1.500 AQSh dollar pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni SH.J sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!