Qo‘shma Shtatlar Polshadagi NATO omboriga tanklar va zirhli mashinalarning birinchi partiyasini yubordi

Qo‘shma Shtatlar Polshadagi NATO omboriga tanklar va zirhli mashinalarning birinchi partiyasini yubordi

28 iyun, juma kuni 14 ta M1 Abram tanki va bitta M88 zirhli avtomobili Povidzedagi bazaga temir yo‘l orqali jo‘natildi. Bu haqda Stars and Stripes gazetasi AQSh armiyasiga tayanib xabar berdi.

Bayonotda, armiyaning 405-dala qo‘llab-quvvatlash brigadasi tomonidan boshqariladigan Povidze inshootining «30 yildan ortiq vaqt ichida NATO tomonidan tashkil etilgan eng muhim ob’ektlardan biri bo‘lishi» ta’kidlandi.

Kelgusi yilda u to‘liq ishga tushadi va Ukraina chegarasidan taxminan 400 kilometr uzoqlikdagi ob’ektda jami 85 ta tank, 190 ta zirhli texnika, 35 ta artilleriya va turli o‘q-dorilar saqlanadi.

Brigada qo‘mondoni polkovnik Ernest Leyn IIning aytishicha, ob’ekt NATOning operativ imkoniyatlarini kuchaytiradi. «Uning strategik joylashuvi bizga bir nechta transport imkoniyatlarini, shuningdek, etkazib berish bo‘yicha turli xil imtiyozlarni beradi», deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!