Qur’on oyatlariga yashiringan sirlar...

Qur’on oyatlariga yashiringan sirlar...

1. Agar mo‘min kishi bir gunoh ish qilib qo‘ysa, joyini o‘zgartimasidan oldin istig‘forga shoshilsin, toki gunohining kasofati urib, unga yaqinroq bo‘lgan boshqa amalini buzib yubormasin. Zero, istog‘for u bilan gunohining yomon oqibati o‘rtasidagi bir g‘ovdir.

2. Inson gunohi sababli rizqdan mahrum bo‘ladi.

‎فَبِظُلْمٍ مِّنَ الَّذِينَ هَادُوا حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَاتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ

"Yahudiy bo‘lgan kimsalarning zolimliklari sababli, ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qo‘ydik" (Niso: 160).

3. Zulm va gunohlar ne’matdan mahrum bo‘lish va balo-uqubat nozil bo‘lishi sababidir.

‎فَبِظُلْمٍ مِّنَ الَّذِينَ هَادُوا حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَاتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ

"Yahudiy bo‘lgan kimsalarning zolimliklari sababli, ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qo‘ydik" (Niso: 160).

4. Gunohlar nusrat-g‘alabani kechiktiradi, istig‘for esa uni tezlashtiradi.

‎قَالُوا رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسْرَافَنَا فِي أَمْرِنَا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ

"Ularning aytgan gaplari faqat shundan iborat edi: "Parvardigoro, gunohlarimizni va ishlarimizdagi xatolarimizni mag‘firat ayla, qadamlarimizni (jang maydonida) sobit qil va bu kofir qavm ustiga O‘zing bizni g‘olib qil!" (Oli-Imron: 147)

5. Ixtiloflar va gunohlar ummatning mag‘lubiyati va zaiflashishi sababidir.

‎حَتَّىٰ إِذَا فَشِلْتُمْ وَتَنَازَعْتُمْ فِي الْأَمْرِ وَعَصَيْتُم

"To sustkashlik qilib, (payg‘ambar alayhis-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi ko‘rgan narsani (ya’ni g‘alabani) ko‘zingizga ko‘rsatib qo‘yganidan keyin payg‘ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi)" (Oli-Imron: 152).

6. Botil ahli haq ahlini faqat ularning gunohlari sababligina mag‘lub etishi mumkin.

‎أَوَلَمَّا أَصَابَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَدْ أَصَبْتُم مِّثْلَيْهَا قُلْتُمْ أَنَّىٰ هَٰذَا ۖ قُلْ هُوَ مِنْ عِندِ أَنفُسِكُمْ

"(Ey mo‘minlar), agar sizlarga (Uxudda dushman tomonidan) bir musibat yetsa — holbuki, sizlar (Badr jangida) unga ikki barobar musibat yetkazgan edingiz — «Bu balo qaydan keldi?» — deysizmi?! (Ey Muhammad), ularga: «Bu musibat — mag‘lubiyat o‘z qilmishlaringizdan», deb ayting!" (Oli -Imron: 165).

7. Ummat gunohlari sababli o‘zaro ixtilof qiladi. O‘zaro muloqot qilganlari sayin kelishmovchiliklari ortib boraveradi. Darhaqiqat qalblarning bir-biriga teskari bo‘lishi gunohlarning miqdoriga yarasha bo‘ladi. Hadisda: "Yo saflaringizni to‘g‘rilaysizlar yoki Alloh qalblaringizni bir-biriga teskari qilib qo‘yadi", deyilgan.

O‘lik qalbning o‘nta belgisi

Tez ijobat bo‘ladigan Qur’oniy duolar...

Vaqtga baraka kirgizishning yo‘li

8. Gunohlar Qur’onni fahmlash va tadabbur qilishdan to‘sadigan qulflardir.

‎أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ أَمْ عَلَىٰ قُلُوبٍ أَقْفَالُهَا

"Axir ular Qur’onni tadabbur qilmaydilarmi?! Yoki qalblarida qulflari bormi?!" (Muhammad: 24).

9. Gunohlar qalblarni bog‘lab-muhrlab qo‘yadi.

‎لَّوْ نَشَاءُ أَصَبْنَاهُم بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ

"Agar xohlasak, gunohlari sababli musibat yetkazib qo‘yishimiz ma’lum emasmi? Biz ularning dillarini (ana shunday) muhrlab qo‘yurmiz" (A’rof: 100).

10. Ozgina gunoh ham qalblarni bir-biriga teskari qilib qo‘yadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Yo saflaringizni to‘g‘rilaysizlar yoki Alloh qalblaringizni bir-biriga teskari qilib qo‘yadi", dedilar. Agar qalblar bir-biriga teskari bo‘layotgan bo‘lsa, demak bu gunohlar sabablidir.

11. Kishi gunoh-munkar ishlarga rozi bo‘lsa, garchi uzoqda bo‘lsa ham, unga gunohning yomonlik-kasofati yetishi mumkin. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Agar yerda bir gunoh ish qilinsa-yu, kimdir o‘sha ishning ustida bo‘lmay turib, unga rozi bo‘lsa, go‘yoki u unga shohid bo‘lganday bo‘ladi", dedilar.

Shayx Abdulaziz Tarifiy

Abu Dovud tarjimasi

 

**********

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَدْخُلُوا بُيُوتًا غَيْرَ بُيُوتِكُمْ حَتَّىٰ تَسْتَأْنِسُوا وَتُسَلِّمُوا عَلَىٰ أَهْلِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

«Ey iymon keltirganlar! O‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat).

Ushbu oyatga amal qilinsa, birovning xonadoniga izn so‘rab, salom berib kirilsagina, turli noqulay holatlarning oldi olinadi. Izn so‘ramay kirgan odam uy egalarining noqulay holda turganlarini ko‘rib qolsa, gunoh bo‘ladi. Ikki tomon ham xijolatga tushadi. Balki xusumat, urush-janjal chiqishi ham mumkin. Ba’zi hollarda uyda ayol kishi yolg‘iz bo‘lishi, ustiga begona erkak kirib, orada ig‘vo, bo‘hton, fitna chiqishi mumkin.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!