Qozog‘istonliklar Tailandga vizasiz kirishlari mumkin

Qozog‘istonliklar Tailandga vizasiz kirishlari mumkin

Endi Qozog‘iston fuqarolari Tailandga 30 kun davomida vizasiz kirishlari mumkin. Bu haqda Bangkok Post sayti yozgan.

Qozog‘istonliklarning Tailandda 30 kunga vizasiz yurishini Tailand hukumati ma’qulladi. Ushbu rejim bir yil davomida harakatda bo‘ladi.

Tailand turizm boshqarmasi (TAT) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili ekzotik mamlakatda 172 ming qozog‘istonlik turist sayohatda bo‘lgan. Tailand hukumati bu yil Qozog‘istondan 220 ming sayyoh kelishini taxmin qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!