Qozog‘istonda raqamli tanga chiqarildi

Qozog‘istonda raqamli tanga chiqarildi

Olmaotada Qozog‘iston moliyachilarining XI Kongressida raqamli tangani muomalaga kiritish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston Milliy banki ikkilamchi banklar va ularning mijozlari ishtirokida raqamli tanga platformasini sinovdan o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, raqamli tanga naqd va naqd pulsiz to‘lovlarning mavjud afzalliklarini o‘zida mujassam etgan. Manzilli ijtimoiy to‘lovlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, davlat xaridlari samaradorligini oshiradi, dasturlashtiriladigan to‘lovlarni yaratadi. Raqamli tanganing uch bosqichli amalga oshirilishi 2025 yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: raqamli tanga bu:

  • Naqd pul muqobili, lekin u qog‘oz ko‘rinishida qo‘ldan-qo‘lga o‘tmasdan, bank ichida aylanadi;
  • To‘lovlarni telefon va mobil ilova yordamida, internetsiz amalga oshirish mumkin;
  • Bu kriptovalyuta emas va undan farqli o‘laroq davlat kafolati ostida;
  • Raqamli tangani o‘g‘irlashning iloji yo‘q.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!