Qozog‘istonda dahshatli jinoyat sodir etgan shifokorlar uzoq muddatga qamaldi

Qozog‘istonda dahshatli jinoyat sodir etgan shifokorlar uzoq muddatga qamaldi

Qozog‘istonning Atirau viloyati jinoyatlararo sudi viloyat perinatal markazi shifokorlarini tirik go‘dakni muzlatkich kamerasiga qo‘ygani uchun uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qildi. Shifokorlarning bu ishi tufayli go‘dak vafot etgandi.

Sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, perinatal markazning sobiq bosh shifokori Kuanish Nisanbayev 18 yilga, akusher-ginekolog Asqar Qayircan 16 yilga, akusher-hamshira Jamila Qulbatirova 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Nisanbayev, shuningdek, vakolatini suiiste’mol qilish va pora berishga urinishda aybdor deb topildi.

Markazning yana ikkita shifokori Dariga Djumaboyeva va Ruslan Nurmaxambetov jinoyat to‘g‘risida xabar bermaganlikda aybdor deb topildi.

Chaqaloq bilan bog‘liq fojia 2019 yil sentyabr oyida sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘lik deb hisoblab, muzlatkich kamerasiga qo‘yishgan. Keyinchalik shifokorlar go‘dakda hayot alomatlari borligini payqashgan bo‘lsa-da, hujjatlarni qayta rasmiylashtirishga hafsala qilishmadi va chaqaloqni o‘likxonada qoldirishdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea haqida tasodifan - korrupsiyada gumon qilingan Atirau viloyati perinatal markazi bosh shifokori (Nisanbayev) ning telefonini tinglash paytida bilib olishdi.

Tug‘ruqdagi ayolning qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, ularga voqea to‘g‘risida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari xabar berishgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!