Qozog‘istonda ayollar huquqlarini himoya qilish va bolalar xavfsizligi to‘g‘risidagi «Saltanat qonuni» qabul qilindi

Qozog‘istonda ayollar huquqlarini himoya qilish va bolalar xavfsizligi to‘g‘risidagi «Saltanat qonuni» qabul qilindi


Qosim-Jomart Toqayev «Ayollar huquqlarini himoya qilish va bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Jamoatchilik yangi qonunni kaltaklash oqibatida vafot etgan Saltanat Nukenova nomi bilan atagan «Saltanat qonuni» deb atadi, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.


Qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq jinoyatlarda tomonlarning yarashuvi imkoniyatini istisno qiladi.

Voyaga etmaganga nisbatan qotillik, zo‘rlash yoki jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarni umrbod qamoq jazosi kutmoqda.

Shuningdek, qonun voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qilishni jinoiy javobgarlikka tortadi va bezorilik uchun javobgarlikni joriy qiladi.

16 yoshgacha bo‘lgan bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lkira uchun to‘lovi bo‘lmasa, ularni jamoat transportidan majburan olib chiqish taqiqi joriy etildi.

Ayollarga nisbatan kaltaklash va sog‘likka qasddan yengil shikast yetkazish jinoyat toifasiga kirdi, tegishli normalar Ma’muriy javobgarlik kodeksidan Jinoyat kodeksiga o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!