Qozog‘iston Rossiyaning 36 ta parrandachilik fabrikasidan mahsulot olib kirishni taqiqladi

Qozog‘iston Rossiyaning 36 ta parrandachilik fabrikasidan mahsulot olib kirishni taqiqladi

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi parranda grippi xavfi tufayli Rossiyaning 36 ta parrandachilik fabrikasidan mahsulot olib kirilishini taqiqladi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

«Yuqori patogenli parranda grippi Penza, Samara va Kursk viloyatlarida qayd etilgan», — deyiladi xabarda.

«Respublika hududiga tirik parranda, inkubasiya tuxumi, parranda pati va go‘shtining olib kirilishi taqiqlanadi», — deyiladi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi bayonotida.

Bundan tashqari, qayta ishlanmagan ozuqaviy qo‘shimchalar, parranda saqlashga mo‘ljallangan qafaslar ham Qozog‘iston hududiga olib kirilmaydi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!