Qozog‘iston KXSHTga terrorizmga qarshi kurashda yordam beradi

Qozog‘iston KXSHTga terrorizmga qarshi kurashda yordam beradi



Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi parlamenti quyi palatasi spikeri Yerlan Koshanov KXSHT Parlament Assambleyasi (PA) Kengashi va KXSHT PA XV yalpi majlisining qo‘shma majlisida ma’lum qildi.

«Qozog‘iston tomoni terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha KXSHT namunaviy qonunini ishlab chiqishga tayyor. Biz bugungi yig‘ilishda tegishli qarorni qabul qilamiz», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansga terrorchilik chaqiriqlariga qarshi kurashishning o‘ziga xos huquqiy mexanizmlarini shakllantiruvchi namunaviy qonunchilikning yuqori sifatli bazasi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!