Qozog‘iston bilan bir yo‘ldan ketishga tayyormiz - Szinpin Nazarboyevga

Qozog‘iston bilan bir yo‘ldan ketishga tayyormiz - Szinpin Nazarboyevga

Pekinda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha qator hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.

"Biz Qozog‘iston bilan insoniyatning yagona taqdirini qurish yo‘lidan birgalikda borishga tayyormiz. Men Siz bilan Xitoy-Qozog‘iston katta do‘stlik kemasini birgalikda boshqarishga tayyorman", - deya ma’lum qildi Si Szinpin

O‘z navbatida, Qozog‘iston prezidenti ham Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi.

"Men Xitoyga har doim o‘zgacha hayajon bilan kelaman, sababi Siz bilan uchrashishdan, Sizning do‘stligingizdan va menga ishonchingizdan xursand bo‘laman. Bu davlat tashrifini amalga oshirish uchun taklifdan minnatdorman. Sizning iliq va samimiy qabulingizdan juda ko‘nglim ko‘tarildi. Agar eslasangiz, sizga SSSR qanday parchalangani haqida gapirgandim. Agarda yana bir marta qaralsa, partiya rolining oshishi Xitoy sharoitida - bu juda muhim. Men, tajribali siyosatchi sifatida, sizni chin yurakdan qo‘llab-quvvatlayman. Bu juda to‘g‘ri”, - dedi Nazarboyev.

KUN.UZ


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!