Qoraqalpog‘istonda IIB xodimlari yosh tadbirkorni kaltaklagani rostmi?

Qoraqalpog‘istonda IIB xodimlari yosh tadbirkorni kaltaklagani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqolpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani, Mang‘it shahrida yashovchi yosh tadbirkor IIB xodimlari tomonidan kaltaklaganligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 30 iyun kuni taxminan soat 23:00da Amudaryo tumani Mang‘it shahrida joylashgan Istirohat bog‘ida tashkillashtirilgan “Yoshlar festivali” yakunlanib, fuqarolar tarqalayotgan vaqtda, shu yerda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari, 7-8 nafar yoshlar o‘zaro janjallashayotganligini ko‘rib, jamoat tartibini buzayotgan fuqarolarning shaxsini aniqlab, profilaktik chora ko‘rish maqsadida Amudaryo tumani IIBga taklif qilishgan. Yoshlar orasida fuqaro U.N. IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Fuqaro U.N. va uning shariklari IIBga olib kelingan va navbatchilik qismida, videokamera tasviri ostida tegishli profilaktik suhbat o‘tkazilib, huquqbuzarliklari tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro U.N. IIB binosidan chiqib, Amudaryo tumani IIB profilaktika inspektorlari J.Ataniyazov va A.Nagimetovlar uni haqoratlab tan-jarohati yetkazganligi to‘g‘risida shikoyat qilgan.

Fuqaroning shikoyati prokuratura organlari tomonidan o‘rganilib, tuman IIB profilaktika inspektorlarining xarakatlarida qonun buzilish holatlari aniqlanmangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!