Qoraqalpog‘istonda 14 iyun kuni kuzatilgan bo‘ron 34 ta uyning tomini uchirib yuborgan

Qoraqalpog‘istonda 14 iyun kuni kuzatilgan bo‘ron 34 ta uyning tomini uchirib yuborgan

Qoraqalpog‘istonda 14 iyun kuni chang va tuz aralash kuchli shamol kuzatildi. Soat 20:32 dan 20:38 ga qadar davom etgan tabiiy ofat oqibatida Nukus shahrida kamida yettita binoning tomi uchib tushgani haqida avval xabar berilgan edi.

«Gazeta.uz»ning Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga asoslanib xabar berishicha, tom uchib tushishi holatlari Nukusda ko‘proq bo‘lgan, butun Qoraqalpog‘iston bo‘yicha esa jami 34 tani tashkil etgan.

Xususan, Nukus shahrida 27 ta, Xo‘jayli tumanida 2 ta, Shumanay tumanida 4 ta, Taxiatosh tumanida 1 ta tom uchib tushishi holatlari qayd etilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!