Qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi

Qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar bolani o‘ldirgan shaxs umrbod qamaldi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida xotini, qaynonasi va ikki nafar yosh bolani pichoqlab o‘ldirgan (https://t.me/gazetauz_uzb/8605) 30 yoshli erkakka umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida mazkur ish yuzasidan so‘nggi sud bo‘lib o‘tdi. 

A.X. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi va 219-moddasi bilan aybli deb topildi.

A.X. ga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismiga asosan yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali, uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!