Qashqadaryodagi hokimlar davolanish uchun Toshkentga yo‘l oldi

Qashqadaryodagi hokimlar davolanish uchun Toshkentga yo‘l oldi

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bugun tuman va shahar hokimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun Toshkent shahriga yo‘l oldi. Hokimlarni Qarshi temir yo‘l vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzayev ham ishtirok etdi.

- Tarixda birinchi bor davolanish uchun bormoqdasizlar, - dedi Zoyir Mirzayev. - Demak, dam olishga borayapmanmi yoki davolanishga, degan fikr hammada bo‘lishi kerak. Sizning salomatligingiz jamiyatga ham, oila a’zolaringizga ham kerak. Ertadan o‘rinlaringizni vaqtincha yoshlar egallaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, "Xalqchil bo‘lishning birdan bir usuli - xalqni dardu tashvishlarini ichida bo‘lish". Yosh rahbarlardan zora bittagina xalq dardiga yechim topa olsak ham, bu katta yutuqdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!