Qashqadaryoda o‘zaro janjal oqibatida, fuqaro boshi bilan yerga yiqilib olgan jarohatidan vafot etdi

Qashqadaryoda o‘zaro janjal oqibatida, fuqaro boshi bilan yerga yiqilib olgan jarohatidan vafot etdi

2018 yil 19 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi O‘.T. Madaniyat mahallasida yashovchi O.K.ning uyida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi M.M.ni qo‘li bilan urgan vaqtida, u boshi bilan yerga yiqilib jarohat olgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada M.M. kasalxonaga yotqizilib ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.T. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!