Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarining oyligi 1 mln so‘mga ham yetmaydi

Qashqadaryoda tibbiyot xodimlarining oyligi 1 mln so‘mga ham yetmaydi

2018 yilning 9 oyi sarhisob qilinganda Qashqadaryo viloyatida tibbiyot xodimlarining oyligi 1 mln so‘mga ham yetmasligi aniqlandi. O‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi esa 1 mln 176 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Qashqadaryo viloyatida o‘rtacha oylik ish haqi 1 mln 522 ming 700 so‘m bo‘lgan.

G‘uzor tumanida o‘rtacha maosh 2 mln 330 ming so‘mdan oshsa, Qarshi shahrida 1 mln 676 ming so‘mga teng bo‘lgan. O‘ziga xos reytingning eng quyi pog‘onasidan Qarshi tumani joy olgan bo‘lib, tumandagilar o‘rtacha 1 mln so‘m haq evaziga mehnat qilishgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish haqi ko‘rsatkichlarini umumlashtirish natijasida kelib chiqqan raqamlarga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, tovon puli va ishlanmagan vaqt uchun to‘lovlar ham kiritilgan. Bu ko‘rsatkich tarkibida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi tarmoqlar bo‘yicha hisoblanganda, uch tarmoq – sanoat (o‘rtacha 2 mln 501 ming so‘m), moliya va sug‘urta faoliyati (2 mln 452 ming so‘m), tashish va saqlash (2 mln 208 ming so‘m) vakillari boshqalarga nisbatan eng ko‘p maosh oluvchilar sirasiga kirgan. Qolgan tarmoqlarda esa ishchi-xodimlarga beriladigan o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln so‘mga yetmagan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish sohasi mutaxassisi o‘rta hisobda har oyda 1 mln 873 ming so‘m oylik olgan bo‘lsa, axborot va aloqa sohasi xodimi 1 mln 705 ming so‘mga qanoat qilgan.

Qashqadaryo viloyati hududlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Muborak tumanida kuzatildi. Mazkur tumanda ishchi-xodimlarga to‘langan maosh 2 mln 501 ming so‘mni tashkil qildi.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!