Isroil kuchlari G‘arbiy Sohil bosqinlarida qarshilikka duch kelmoqda

Isroil kuchlari G‘arbiy Sohil bosqinlarida qarshilikka duch kelmoqda

Qatarning Al-Jazeera telekanali xabar berishicha, Isroil harbiylari G‘arbiy Sohil bo‘yidagi ayrim shaharlarda o‘tkazgan reydlar chog‘ida qarshilikka uchragan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, reydlar asosan Silvan, Tubas, Tulkarim va Xevron shaharlarida o‘tkazilgan. Falastinning WAFA axborot agentligi Isroil kuchlarining harakatlari Tubas shahrida to‘qnashuvlarga sabab bo‘lganini xabar qildi. Internetda joylashtirilgan videolarda otishma ovozi eshitiladi. Qurbonlar va jarohatlar haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!