Qashqadaryoda 21 yoshli yigitning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Qashqadaryoda 21 yoshli yigitning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 25 may kuni soat 01.00larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Oqtosh mahallasidan o‘tuvchi “Yakkabog‘-Chiroqchi-Ko‘kdala-Sho‘rbozor” yo‘lining 16-km.da haydab ketayotib piyoda, Olako‘ylak qishlog‘ida yashagan 21 yoshli D.T.ni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Natijada D.T. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!