Qanday tish pastlari xavfli?

Qanday tish pastlari xavfli?

Tishlarni parvarish qilishning eng birinchi omili ozodalikdir. Buning uchun tish pastalaridan foydalanamiz. Biroq aksariyat tish pastalarining xavfli xususiyatlari ham borligi haqida ko‘pchilik bilmasligi mumkin. Hatto, ayrimlari turli kasalliklarni keltirib chiqarishi ehtimoli ham bor ekan. Bu haqda oliy toifali stomatolog Tohir TULYAKOV ma’lumot beradi.

— Og‘iz bo‘shlig‘ida ham xuddi ichaklardagi singari foydali bakteriyalarning yetarli miqdorda bo‘lishi og‘iz va tishlar salomatligi uchun o‘ta muhimdir. Undagi qiltomirlar og‘izga solingan moddalarni qon tizimiga o‘tkazish xususiyatiga ega. Shunday ekan tish pastasini tanlashda juda e’tiborli bo‘lish zarur. Tarkibida quyidagi moddalar mavjud tish pastalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi:

Ftor — tish pastalari bilan birga ichga yutilsa, ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. U yuqori toksik (zaharli) modda sanalib, asab hamda gormonal tizimda, diabet, buyrak xastaliklari, ong susayishi, buqoq kasalliklari, artrit, bepushtlik, immunitet pasayishi, saraton, genetik buzilishlar va boshqa jiddiy muammolarni  keltirib chiqarishi mumkin.

Triklozan — antibakterial modda hisoblanib, endokrin tizimining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. U, ayniqsa, homiladorlarga xavf tug‘diradi. Bachadonda qon aylanishini izdan chiqarib, homila uchun kislorod yetishmasligiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, tanadagi barcha foydali bakteriyalarni ham o‘ldiradi. U ko‘krak saratoni kasalligining tezlashishiga ham olib kelishi mumkin ekan.

Natriy laurilsulfat — ko‘pirtiruvchi modda sanalib, tish pastalarida juda keng qo‘llaniladi. Teri yallig‘lanishiga sabab bo‘lib, og‘riqli yaralar paydo qilishi mumkin.

Propilenglikol — asosan bo‘yoqlar, emallar, shuningdek, antifriz sifatida muzni eritishda qo‘llaniladi. Bu moddaning gigiyena mahsulotlariga qo‘shilishi xavfsizligini aniqlash ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar deyarli mavjud emas. Biroq propilenglikol teri va ko‘zda qizarish, o‘pkada esa yallig‘lanish keltirib chiqarishi ma’lum. Allergik kasallarni ham qo‘zg‘ash xususiyati mavjud. 

Dietanolamin — kanserogen modda bo‘lib, kosmetik va gigena vositalarida qo‘llanadi. O‘sma kasalliklari rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Alyuminiy oksidi — buyrak yetishmovchiligi bor bemorlar uchun xavfli moddalar qatoriga kiradi.

Tish pastalarining inson tanasiga ko‘rsatadigan zararini kamaytirish maqsadida ayrim ishlab chiqaruvchilar mentol moddasini ko‘shadi. Chunki bu modda og‘iz bo‘shlig‘ini ma’lum vaqtgacha muzlatib qo‘yganida, zararli moddalar organizmga kam miqdorda so‘riladi.

Parvarishni erta boshlash kerak

Tishlar ozodaligini birinchi tish chiqishining olti-etti oyligidan boshlash kerak. Bolalarning birinchi sut tishlari salfetka yoki maxsus yumshoq rezina cho‘tkalar bilan tozalanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar tish yuvayotganda bilmay pastani yutib yuboradi. Shuning uchun ular faqat bolalarga mo‘ljallangan tish pastalaridan foydalanishi lozim. Bu turdagi pastalar nisbatan xavfsiz bo‘lib, ularda bolalar tanasiga zarar yetkazmaydigan qo‘shimchalar mavjud. Shuning hisobiga sut tishlari emali tez yemirilmaydi.

Bolalar uchun mo‘ljallangan tish pastalari ikki guruhga bo‘linadi: gigiyenik — tish ustidagi yumshoq karashni ketkazib, og‘iz bo‘shlig‘ini hidsizlantiruvchi va davolovchi — minerallanish jarayonini yaxshilovchi (fosfatlar, kalsiy) birikmalariga boy.

Bolalarga mo‘ljallangan pastalarda tish ustidagi ovqat qoldiqlarini tozalovchi yumshoqlik xususiyati bo‘lishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!