Putin: "Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolni yaratdi"

Putin: "Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolni yaratdi"

Rossiya har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yengib o‘tuvchi zarba komplekslarini ishlab chiqarmoqda.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Arabic, Sky News va Al Arabiya telekanallariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz buni qilamiz, bu hozir yaqqol ko‘rinib turibdi, chunki raketaga qarshi mudofaa tizimlari ballistik trayektoriya bo‘ylab uchuvchi ballistik raketalarga qarshi ishlaydi. Biz esa ularni faqat qayta-qayta takomillashtiribgina qolmasdan, hozircha dunyoda hech kimda bo‘lmagan boshqa qurolni yaratdik”, - deya Putin so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!