Putin qanday taomlarni xush ko‘radi? Prezidentning sobiq oshpazining haqiqatlari

Putin qanday taomlarni xush ko‘radi? Prezidentning sobiq oshpazining haqiqatlari

Bir necha yil Kremlda oshpaz bo‘lib ishlagan fransuz Jerom Rigo Rossiya prezidentining qanday taomlarni xush ko‘rishi haqida so‘zlab berdi.

Paris Match nashriga bergan intervyusida u Rossiya prezidenti go‘shtli taomlarni xush ko‘rishini, 2008 yildan 2012 yilgacha prezident bo‘lgan, amaldagi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev esa sho‘rtak-shirin sousli baliqni xush ko‘rishini aytgan.

“Ish kunim boshlanishidan oldin armiya shifokorlari laboratoriyada mahsulotlarni tekshirishardi. Prezidentga taom tayyorlash uchun ularning ruxsatini kutishim va shifokorlar hamda harbiylar kuzatuvi ostida dasturxon tuzardim”- dedi oshpaz. Shuningdek, Rigo 2 ming kishilik Rossiya elitasiga dasturxon tuzaganini, ammo davlat sirini oshkor eta olmasligi sabab, Kremlda ishlagan paytidagi barcha tafsilotlarni oshkor qila olmasligini aytgan.

“Ruslar juda ochiqko‘ngil odamlar, ular soatlab dasturxon ustida o‘tirishlari mumkin. Ular ochlik nimaligini juda yaxshi bilishadi, shu sabab ham hech qachon nonni tashlab yuborishmaydi va nonni juda e’zozlashadi”- dedi u.

Oshpaz rossiyalik oshpazlarni nega Fransiyaga taklif etmasliklaridan hayratda ekanini yashirmadi. Uning fikricha, rossiyalik oshpazlar yuqori darajalarga erishgan va ular “Mishlen” yulduziga munosibdir.

Bundan avval Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident ovqat tanlashda injiq emasligi, ammo xamirli taomlarni ko‘p iste’mol qilmasligini aytgandi. Rossiya rahbari libos tanlashda ham injiq emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!