Putin Kiyev bilan tinchlik muzokaralari amalga oshirmaydi — Pentagon vakili

Putin Kiyev bilan tinchlik muzokaralari amalga oshirmaydi — Pentagon vakili

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Putin muzokaralarga tayyor emas va yaqin kelajakda buni hisobga olish kerak emas.

"Putin qo‘shinlarni olib chiqib, Zelenskiy bilan muzokara stoliga o‘tirishi vijdonan muzokaralar olib borishi to‘g‘ri ish bo‘lardi. Ammo hozirda bunday muzokaralarga umid yo‘qdek ko‘rinadi", — dedi Kirbi. Shu bilan birga, u Putin haligacha Ukraina bilan urushda hech qanday strategik maqsadga erishmaganini ta’kidladi.

"U Ukraina suverenitetini tortib olmadi, aksincha, ukrainaliklarga haqiqatda mustaqillik qanchalik muhimligini ko‘rsatdi va ular har kuni buning uchun kurashmoqda. Poytaxtni qo‘lga kirita olmadi, hukumat yengilmadi. Mariupoldan tashqari hech qanday yirik shaharni egallay olmadi", — deb izoh berdi Kirbi‌‌.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!