Putin Yerevan va Boku o‘rtasida vositachilik qilmoqchi

Putin Yerevan va Boku o‘rtasida vositachilik qilmoqchi

Bokuga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashib, kengaytirilgan va cheklangan tarkibda muzokaralar olib bordi, deb yozadi «Kommersant». Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u deyarli butun Rossiya hukumatini Ozarbayjonga olib kelgan.

«Rossiya ham inqirozlarga, shu jumladan, birinchi navbatda Ukraina yo‘nalishida ham duch kelayotgani aniq va hamma yaxshi biladi, biroq Rossiyaning so‘nggi bir necha yil ichida Janubiy Kavkazdagi vaziyatga tarixiy aralashuvi biz ishtirok etishimiz kerakligini taqozo qilmoqda. Bu voqealar, albatta, tomonlar talab qiladigan qismda», — dedi Putin Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

Putin Ozarbayjonga tashrifini yakunlagach, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan gaplashib, unga Boku pozisiyasi haqida aytib berishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!