Putin bilan ko‘rishgan robot urib «o‘ldirildi»

Putin bilan ko‘rishgan robot urib «o‘ldirildi»

Las-Vegas shahridagi CES 2019 ko‘rgazmasining ochilishi arafasida antiqa avariya yuz berdi. Haydovchisiz avtonom rejimda ketayotgan Tesla elektromobili Rossiyaning Promobot kompaniyasi robotini urib ketdi.

Promobot hammuassisi va rivojlantirish bo‘yicha direktori Oleg Kivokursev so‘zlariga qaraganda, robotni ular CES 2019 tadbirida qatnashish uchun Filadelfiyadan olib kelishgan edi. Bir kunlik ijara haqi naq 2 ming dollar turadigan bu robot bir nechta jiddiy shikastlar olgan va uni endi ish holatiga qaytarib bo‘lmasligini aytishmoqda.

Aytish kerakki, Promobot roboti 2017 yili juda mashhur bo‘lgan o‘shanda uni Rossiya prezidenti bilan tanishtirishgan , robot Vladimir Putin bilan cho‘l olishib ko‘rishgan ham edi.

Xabarlarga ko‘ra, kompaniya muhandislari robotlarni CES 2019 pavilyoniga olib kelib, o‘z stendiga boshlab borayotgan bo‘lishgan. Ketma-ket kelayotgan robotlardan biri yo‘nalishdan sal chetlashib, Tesla elektrokarining yo‘liga chiqqan.

Tesla Model S ichida yo‘lovchi, aniqrog‘i kompaniya xodimi ham bo‘lgan, ammo ayni o‘sha damda u elektromobilning avtopilot rejimini sinab ko‘rishga qaror qilgan ekan. Kutilmaganda uning oldiga Promobot roboti chiqib qolgan va texnologiyalar olamidagi ilk yirik tadbir shunaqa antiqa avariya bilan boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!