Polsha rasmiylari mamlakat hududida AQSh yadroviy qurolini joylashtirish masalasini muhokama qiladi

Polsha rasmiylari mamlakat hududida AQSh yadroviy qurolini joylashtirish masalasini muhokama qiladi

Polsha bosh vaziri Donald Tusk va mamlakat prezidenti Anjey Duda yaqin orada mamlakat hududiga Amerika yadroviy qurolini joylashtirish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Polsha prezidenti devoni davlat kotibi Malgojata Paproskaya ma’lum qildi.

«Uchrashuv, ehtimol, yaqin orada bo‘lib o‘tadi. Janob Bosh vazir bunday uchrashuv haqida gapirdi, janob Prezident bunga aniq javob berdi», deydi rasmiy.

Avvalroq, Duda Polsha o‘z hududida AQSh yadroviy qurolini joylashtirishga tayyorligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!