Pokistondagi yomg‘ir tufayli 71 kishi halok bo‘ldi, 67 kishi jarohat oldi

Pokistondagi yomg‘ir tufayli 71 kishi halok bo‘ldi, 67 kishi jarohat oldi

Pokistonning turli hududlarida o‘tgan shanba kunidan beri kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq davom etmoqda. Tabiiy ofat natijasida 71 kishi halok bo‘ldi, 67 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi mamlakatdagi Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi (NDMA) rasmiy vakili.

Sinxua agentligiga ko‘ra, mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva provinsiyasi eng ko‘p jabr ko‘rgan, u yerda turli hodisalar, jumladan, tom qulashi va yashin urishi oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xayber-Paxtunxvada halok bo‘lganlar orasida 15 nafar bola va besh nafar ayol ham bor, yana 41 nafari yaralangan. Bundan tashqari, 1370 ta uy shikastlangan.

Sharqiy Panjob viloyatida 23 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi, janubi-g‘arbiy Balujiston provinsiyasida esa sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi yaralandi.

Bu davrda Pokiston boshqaruvidagi Kashmirda kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi va 47 uy vayron bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi rasmiy.

Chorshanba kuni NDMA mamlakatda 17 apreldan 29 aprelgacha kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!