Piyodaning umriga zomin bo‘lgan qashqadaryolik haydovchi qidirilmoqda

Piyodaning umriga zomin bo‘lgan qashqadaryolik haydovchi qidirilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 2019 yil 6 yanvar kuni taxminan soat 19-20 oralig‘ida noma’lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan kul rangli Neksiya rusumli avtomashinani Esat-Tanxoz yo‘lining 26-km.da. haydab ketayotib, piyoda, Yangiobod MFYda yashagan 83 yoshli X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada X.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!