Piskent va Yunusobodda imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

Piskent va Yunusobodda imtiyozli kredit mablag‘lari  talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT «Xalq banki» Piskent filiali boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari D.O. va boshqalar 37 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomidan hujjatlarni qalbakilashtirib, 278,8 mln so‘m iste’mol krediti mablag‘ini rasmiylashtirib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.” oilaviy korxonasi rahbari X.Q. “M.” MCHJ rahbari bilan oldindan til biriktirib, AT “Xalq banki” Uchtepa filialidan go‘zallik salonini jihozlash uchun oilaviy korxonaga ajratilgan 150 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini soxta hujjatlarni taqdim qilish orqali “M.” MCHJga o‘tkazib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 228-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!