Perudagi avtobus halokatida 25 kishi qurbon bo‘ldi

Perudagi avtobus halokatida 25 kishi qurbon bo‘ldi

Peruda ichida 60 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus halokatga uchradi.

«Talara provinsiyasidagi Panamerika shossesining 121-kilometrida 60 yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus pastlikka qulab tushdi», — deyiladi manbada.

Qayd etilishicha, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, voqea ertalab soat uchlarda El-Alto va Los-Organos hududlarini bog‘laydigan joyda sodir bo‘lgani ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!