Peruda kamida 212 mahbus koronavirusdan vafot etdi

Peruda kamida 212 mahbus koronavirusdan vafot etdi

Peruda kamida 212 mahbus koronavirusning yangi turidan vafot etdi. Bunday ma’lumotlarni Peru Adliya vazirligi rahbari Fernando Kastanyeda ma’lum qildi.

 

"Hozirda kasalxonalarda 67 ta mahbus bor, vafot etganlar soni esa 212 ta", - dedi Kastanyeda intervyularning birida.

 

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Jazoni ijro etish milliy institutining 50 xodimlari koronavirus qurboni bo‘lishgan, 734 kishi virusni yuqtirgan, ulardan 17 nafari og‘ir ahvoldagi bois kasalxonalarga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!