Pentagon rahbari: "Shimoliy oqim"da sodir bo‘lgan voqealar atrofida ko‘plab taxminlar mavjud

Pentagon rahbari: "Shimoliy oqim"da sodir bo‘lgan voqealar atrofida ko‘plab taxminlar mavjud

Pentagon rahbari Lloyd Ostinning aytishicha, "Shimoliy oqim" va "Shimoliy oqim 2" gaz quvurlarida gaz sizib chiqishi haqida ko‘plab taxminlar mavjud.

"Quvurga yetkazilgan zararga kelsak... Ochig‘i, bu borada ko‘plab taxminlar bor, biroq rasmiy tergov yakunlanmaguncha, u yerda aynan nima bo‘lganini hech kim aniq aniqlay olmaydi", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Shimoliy oqim”da gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq hodisa terakt bo‘lishi mumkinligini tan olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!